Bollivud aktrisalarini kinolarda bashang kiyingan holda ko‘rib o‘rganib qolganmiz. Ular suratga olish maydonchalari tashqarisida, odatiy hayotda qanday kiyinadi? Cosmopolitan nashri shu haqda material tayyorladi.

Foto: Cosmopolitan

Ayshvariya Ray.

Bollivudning eng yorqin aktrisalaridan biri Ayshvariya Ray bir necha taniqli brendlarning yuzi ham hisoblanadi. Shuning uchun uning har bir obrazi moda tanqidchilari nazoratida bo‘ladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi

Ayshvariya har doim tartib bilan kiyinadi, xoh u tantanabop kiyim bo‘lsin, xoh kundalik libos bo‘lsin, did bilan tanlaydi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Priyanka Chopra

Priyanka ayollik go‘zalliklariga urg‘u beruvchu kiyimlarni ma’qul ko‘radi. U muxlislarini tez-tez yangi obrazlar bilan ham xushnud etib turadi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: “ModaGid.ru”

Anushka Sharma

Anushka o‘z uslubini tez-tez yangilab turadigan aktrisa. U yangi obrazlarni o‘zida sinab ko‘rishdan cho‘chimaydi. Anushka hindcha liboslarni kiyishni ham ma’qul ko‘radi.

Foto: Cosmopolitan

Dipika Padukone

Bollivud aktrisalari orasida ham klassik uslubni ma’qul ko‘ruvchilar topiladi. Dipika bunga yorqin misol. Aktrisa tantanali tadbirlarga ham kamtarona kiyinadi, kundalik hayotda ham oddiygina kiyimlarni tanlaydi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Sonam Kapur

Hindistonning mashhur kinochilar sulolasi vakillari Sonam va Karina Kapurning kiyinish uslubi bir-biriga o‘xshab ketadi. Ular kiyinish uslubida klassik va zamonaviy uslubni mujassamlashtiradi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Karina Kapur

Keng yelkali kiyimlar, payetkalar, yorqin ranglar — ushbu qaynoq trendlar Sonam va Karinani ham chetlab o‘tmagan. Shuning uchun butun dunyodagi minglab moda ixlosmandlari Sonam va Karinaning kiyinish uslubini ularning Instagram’i orqali kuzatadi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

От qwert.uz