Ko‘pchilik Bollivud aktrisalari san’at sohasi vakillariga turmushga chiqishini ma’qul ko‘radi, biroq badavlat tadbirkorlar, millionerlar bilan hayot kechirishni tanlagan aktrisalar ham yo‘q emas.“Bollywoodtime.ru” ana shunday aktrisalar haqida ma’lumot berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Esha Deol

Foto: Instagram / @imeshadeol

Esha Deol hind kinosining yetuk namoyondalari Dxarmendra va Xema Malinining qizi. U o‘zida mavjud ko‘plab imkoniyatlarga qaramay Bollivudda muvaffaqiyat qozona olmadi. U 2012-yilda olmos savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Bxarat Taxtaniga turmushga chiqdi. Esha hozirda turmush o‘rtog‘ining biznesini qo‘llab-quvvatlab, u bilan baxtli hayot kechirmoqda.

 Juhi Chavla

Foto: Instagram / @iamjuhichavla

1984-yilgi “Hindiston go‘zali”, Amir Xonning sevimli partnyori Juhi Chavla millioner Jay Mehtaning rafiqasi. Jay Mehta AQSh, Kanada, Afrika va Hindistonda filiallariga ega yirik kompaniya Mehta Group asoschisi hisoblanadi.

Ravina Tandon va Anil Txadani

Foto: “Bollywoodtime.ru”

90-yillarda Akshay Kumar va Ajay Devgan bilan ishqiy munosabatlari bilan ovoza bo‘lgan aktrisa Ravina Tandon 2004-yilda tadbirkor Anil Txadaniga turmushga chiqqan.

Vidya Balan va Siddxart Roy Kapur

Foto: “Bollywoodtime.ru”

Foto: Instagram / @balanvidya

Bollivudning eng taniqli aktrisalaridan biri Vidya Balan 2012-yilda UTV Motion Pictures kompaniyasi bosh direktori, tadbirkor, millioner Siddxart Roy Kapurga turmushga chiqqan.

Shilpa Shetti

Foto: “Bollywoodtime.ru”

Shilpa Shetti Hindistonning eng badavlat tadbirkorlaridan biri Raj Kundraga turmushga chiqqan. Tadbirkor Shilpaga uylanish uchun birinchi xotini bilan ajrashgan.

Amrita Arora

Foto: “Bollywoodtime.ru”

Bollivuddagi 7 yillik faoliyati Amritaga kutilgan muvaffaqiyatni olib kelmadi. Uning singlisi Malayka ham taniqli aktrisa. Amrita 2009-yilda tadbirkor Shakil Ladakka turmushga chiqqan. Uning ikki o‘g‘il farzandi bor.

От qwert.uz