O‘zbekistonda 26-mart kuni soat Toshkent vaqti bilan 9:44 da zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Epitsentr Toshkent shahridan 122,51 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda, O‘zbekiston—Tojikiston chegarasida joylashgan. Zilzila markazida magnituda 5,4 ni tashkil etgan, zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Zilzila kuchi O‘zbekiston shaharlarida quyidagicha sezilgan:

  • Toshkent — 4 ball (epitsentrgacha 123 kilometr);
  • Namangan — 4 ball (103 kilometr);
  • Andijon — 3 ball (155 kilometr);
  • Farg‘ona — 4 ball (115 kilometr);
  • Guliston — 4 ball (147 kilometr);
  • Jizzax — 3 ball (235 kilometr);
  • Samarqand — 2 ball (324 kilometr);
  • Buxoro — 2 ball (526 kilometr);
  • Termiz — 2 ball (480 kilometr);
  • Qarshi — 2 ball (453 kilometr);
  • Navoiy — 2 ball (440 kilometr).

От qwert.uz