“Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zilning birinchi farzandi dunyoga keldi. Bu haqda futbolchi Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: Google Images
“Shukrlar bo‘lsin, qizimiz Eda sog‘lom dunyoga keldi”, — deya yozadi Mesut.
Bu 31 yoshli futbolchi oilasidagi ilk farzand hisoblanadi. O‘zilning rafiqasi Amine Gulshe Turkiya go‘zali—2014 g‘olibi hisoblanadi.







Şükürler olsun ki kızımız “Eda” sağlıklı bir şekilde dünyaya geldi Rabbim bize, çevresine ve bütün insanlığa hayırlı bir evlat olmasını nasip eder inşallah, AMİN
Amine & Mesut Özil
81.6K12:28 AM — Mar 31, 2020Twitter Ads info and privacy11.4K people are talking about this
Joriy mavsum O‘zil “Arsenal” safida 23 o‘yin o‘tkazib, bir gol va uchta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.