Er-xotin yakshanba kuni uyda dam olish kuni bo‘lganligidan foydalanib, mayda-chuyda xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanmoqda edilar. Bir payt xotini ichkari uydan turib, qattiq qichqirib debdi:
— Voy o‘lmasam, ana, kuydi!….
Er: — Extiyot bo‘lmaysanlarmi? O‘zi shu yetmay turuvdi!…
Xotini: — Unaqa demang dadasi, vaqti-soati yetganda xatto….
Er: E, nafasingni shamol uchirsin seni. Ko‘p gapirmay kartoshkani yanchib bosinglar!…
Xotin: Dadasi, nimaga unaqa deyapsiz o‘zi? Lampochka kuydi deyapman-ku!…
Er uyga kelsa, xotini qovoq-tumshuq qilib o‘tiribdi. Er xayron bo‘lib, sababini so‘rabdi. Xotin diy-diyosini boshlabdi:
— Qaramaysizmi, o‘g‘lingiz u yoqdan telefon qildi. «Yangilik bor» dedi. «Nima ekan» desam, «uylandim» deydi. Bu xam yetmagandek, o‘zidan besh yoshga katta emish…
— Qo‘ysangchi, xotin, o‘g‘lingni bilasanku, xazillashgandir-da. Axir esingdami, uning o‘tgan yili xam…
— Qanaqasiga xazillashadi. Ustiga-ustak bizga nimadir deb, shart qo‘ymoqchi bo‘ldi!
— Qanaqasiga?…
— Bilmasam. telefonda «Oyi, shoshmay tursangizchi, bugun 1 aprel» deb, bugungi «chislo»ni aytib, endi gap boshlaganda, shartta telefonni qo‘yib qo‘ydim!…