Har kuni pista chaqish sog‘liq uchun zararlimi?

Kungaboqar pistasi organizmga ham foyda keltirishi, ham kutilmagan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Garchi bu turdagi urug‘ turli vitamin va minerallarga boy bo‘lsa-da, yuqori kaloriyasi va tish emaliga salbiy ta’siri mavjud. Quyida har kuni pista chaqishning salomatlikka ta’siri haqida batafsil so‘z yuritamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Pista organizm uchun foydali mahsulot, ammo uni me’yorida iste’mol qilish muhim. Kuniga 40 grammdan ortiq pista chaqish mumkin emas. Kungaboqar pistasi aminokislotalar va antioksidantlarga boy, ular organizmdagi kislota-ishqor muvozanatini saqlashga yordam beradi.

Agar pista chaqish odatidan voz kechish qiyin bo‘lsa, ularni boshqa foydali urug‘lar bilan almashtirish mumkin. Masalan, qovoq, qovoqcha yoki chia urug‘lari yaxshi muqobil hisoblanadi. Kungaboqar pistasiga qaraganda ularni ko‘p miqdorda iste’mol qilish mumkin, chunki 100 gramm qovoq urug‘ida taxminan 556 kilokaloriya, qovoqcha urug‘ida 540 kilokaloriya, chia urug‘ida esa 500 kilokaloriya mavjud.

Ammo kunjut urug‘larini ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish kerak. Ular kichik bo‘lishiga qaramay, barcha urug‘lar orasida eng yuqori kaloriyaga ega — 100 grammida 565 kilokaloriya mavjud.

Kechasi pista chaqish xavflimi?

Foto: iStock

Kechasi pista chaqishda ayrim xavflar ham bor. Masalan, tish va milklarning sezuvchanligi oshgan bo‘lsa, tish emali shikastlanishi yoki unda mayda yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, tishlar orasida qolib ketgan bo‘laklar kariyes rivojlanishiga olib keladi. Po‘stlog‘i bilan sotiladigan xom urug‘lar esa stomatit keltirib chiqarishi ham mumkin. Shu sababli ularni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish va quritish tavsiya etiladi.

Gastrit bilan og‘rigan odamlar ham har qanday turdagi urug‘ iste’molini cheklashi kerak, chunki ular oshqozon shilliq qavatini bezovta qilishi, noqulaylik tug‘dirishi, shish va meteorizmni keltirib chiqarishi mumkin.

Pista va tromboz xavfi

Foto: iStock

Ba’zi turdagi pistalar tarkibida polito‘yinmagan omega-6 yog‘ kislotalari ko‘p bo‘ladi. Bu modda organizm uchun foydali, ammo ko‘pchilik odamning ratsionida yetarlicha mavjud. Uni ortiqcha iste’mol qilish qonning quyuqlashishiga va tromb hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Pista kaloriyali mahsulot hisoblanadi. Masalan, 100 gramm kungaboqar urug‘ida taxminan 570 kilokaloriya mavjud. Taqqoslash uchun, bu 100 gramm qovurilgan kartoshkadan (227 kilokaloriya) qariyb ikki baravar, yog‘siz mol go‘shtidan (158 kilokaloriya) esa uch baravar ko‘p.

Homilador ayollar pista chaqishi mumkinmi?

Foto: iStock

Tamaddi uchun pista yaxshi tanlov, chunki pista tarkibida B guruhi vitaminlari va foliy kislotasi, shuningdek omega-3 va D vitamini mavjud. Shu sababli me’yorida iste’mol qilinsa, ular homilador ayollar uchun foydali.

author info

Sevara Soliyeva

От qwert.uz