Angliyada yashovchi er-xotin har kuni turli davrlarga oid teatr liboslarida sayr qiladi, deb yozadi BBC.

Foto: BBC

Bakingemshir grafligida yashovchi 45 yoshli liboslar ustasi Izabella Pitcher har kuni eri Lukas bilan tarixiy kiyimlarda sayrga chiqadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Ayolning aytishicha, karantindan avval turli tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan, shuning uchun ko‘plab tarixiy liboslar tayyorlab qo‘yilgan edi. Pandemiya tufayli barcha tadbirlar bekor qilindi.

Liboslar ustasining aytishicha, kiyimlarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turish kerak. Qishloqdoshlari esa uning eri bilan har kunlik moda namoyishini kutib o‘tiradi.

U hazil tariqasida so‘nggi hafta ichida bir yil davomida ko‘rmagan qishloqdoshlarini ham ko‘rganini aytadi. Ayol qishloqdoshlari bilan masofa saqlagan holda ko‘rishishlarini ham ma’lum qilgan.

Foto: BBC

Foto: BBC

Foto: BBC

Foto: BBC

Foto: BBC

Foto: BBC

Foto: BBC

Foto: BBC

От qwert.uz