Ba’zida siz-u bizga foydali bo‘lib ko‘ringan mahsulot aslida aksincha bo‘lishi mumkin. Harper’s Bazaar bir ko‘rishda foydalidek tuyilgan, ammo tarkibi o‘rganilsa, fikr o‘zgarishi mumkin bo‘lgan 3 ta mahsulot haqida ma’lumot berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Yog‘siz yogurt

Foto: Harper’s Bazaar

Yogurtning yog‘sizligi hisobiga unga ko‘p miqdorda shakar qo‘shilgan bo‘ladi. Bu esa organizmda glyukozaning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Yog‘siz yogurtdan ko‘ra tarkibida shakar bor gazli suv ichgan yaxshi.

Don mahsulotlaridan tayyorlangan non

Foto: Harper’s Bazaar

Ko‘pincha oq undan tayyorlangan taomlardan voz kechib, don mahsulotlaridan tayyorlangan nonni iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bunday non tarkibida konservant hamda kimyoviy moddalar ko‘p bo‘ladi. Shu bois non xarid qilishdan avval yorlig‘ini o‘qish, tarkibini o‘rganish tavsiya qilinadi.

Glyutensiz mahsulotlar

Foto: Harper’s Bazaar

Ko‘pchilik glyutensiz mahsulotlarni sog‘liq uchun foydali deb o‘ylaydi. Aslida esa bunday mahsulotlarda bug‘doy uni o‘rniga jigarrang guruch uni ishlatiladi va uning tarkibida uglevodlar bug‘doy unidan kam emas.

От qwert.uz