516714616

Uyqusizlik, charchoq va ortiqcha vazndan aziyat chekayapsizmi? Bunga quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkin.

Ko‘p qahva ichish

Foto: The Fix

Oqibati — uyqusizlik, asabiylik, xavotirning ortishi.

Qahva organizmni tez qarishini oldini oluvchi antioksidant, yurak-qon tomir kasalliklarida profilaktik vosita bo‘lsa-da, keragidan ortiq iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Tarkibidagi kofein vaqtinchalik uyquni qochirgani, energiya bergani bilan o‘ziga o‘rgatib qo‘yadi, usiz tura olmaydigan ichmasa o‘zini lohas his qiladigan bo‘lib qoladi kishi. Qahva o‘rniga ko‘k, zanjabil va limonli choy yoki sharbatlar ichish tavsiya qilinadi.

Noto‘g‘ri ovqatlanish

Foto: Getty Images

Oqibati — ortiqcha vazn, xolsizlik va charchoq

Tartibsiz, vaqtida ovqatlanmaslik ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘ladi. Kun tartibingizda, albatta, nonushta, tushlik va kechki ovqat o‘rin olgan bo‘lishi kerak. Ulardan boshqa vaqtda qorningiz ochgandek tuyulsa, ko‘proq suyuqlik, meva va sabzavotlar yeyish tavsiya qilinadi. Fast food va xamirli ovqatlarni taomnomangizdan olib tashlab, sut, qatiq, ko‘katlar ko‘proq iste’mol qiling.

Shirinlikxo‘r

Foto: Getty Images

Oqibati — yuzda husnbuzarlar paydo bo‘ladi, selyullit, qarish jarayoni tezlashadi, ortiqcha vazn.

Yuzingiz yoki teringizning boshqa qismida toshmalar kuzatilsa, shirinlikni iste’mol qilishni bas qiling yoki kamaytirib ko‘ring. Shirinlik o‘rniga olcha, o‘rik, olxo‘ri, greypfrut va shaftoli iste’mol qiling. Shakar o‘rniga asal tavsiya qilinadi.

Bilib bilmay parhez qilish

Foto: BBC

Oqibati — qaysidir moddaning yetishmasligi boshqasini ko‘payib ketishiga sababchi bo‘ladi, soch to‘kilishi, tirnoqlar sinishi va teri qurish kuzatiladi.

Palapartish parhez qilish sabab organizm kerakli moddalardan bebahra qoladi. Inson organizmi individualligi jihatidan kimgadir yordam bergan parhezni sinab ko‘rsam, menda ham ijobiy natija bo‘ladi deb o‘ylashga shoshilmang. Parhez emas, to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilish kerak. Taomnomangizdan, albatta, oqsil, mineral va vitaminlarga boy mahsulotlar o‘rin olgan bo‘lishi kerak.

Sabzavot va mevalarni yetarlicha iste’mol qilmaslik

Foto: Diabetes

Oqibati — vitaminlar yetishmovchiligi, charchoq, hazm qilish bilan bog‘liq muammolar.

Barcha vitaminlar meva va sabzavotlarda mujassam, ularni iste’mol qilmaslik esa to‘g‘ri ovqatlanmaslik demakdir. Nonushtada bo‘tqa bilan birga mevalardan olcha, gilos, apelsin yoki o‘rik, tushlikda bodring, pomidor, sarimsoq, salat bargi qo‘shilgan salat, kechki ovqatdan keyin biroz vaqt o‘tib sabzi yoki olma sharbati ichish tavsiya qilinadi.

Kechqurun juda kech ovqatlanish

Foto: Getty Images

Oqibati — charchoq, chala uyqu, vazn to‘plash.

Yotishdan avval ovqat tanavvul qilinsa, kishi o‘zini og‘ir his qiladi bundan tashqari to‘q qorin bilan uxlash oqibatida uyqu me’yorida bo‘lmaydi. Ertasi kuni tetik uyg‘onishni va o‘zingizni yaxshi his qilishni istasangiz, kechasi tanavvul qilishdan voz keching.

Kam suv ichish

Foto: ThoughtCo

Oqibati — diqqatni jamlay olmaslik, terida muammolar kuzatilishi, jig‘ildon qaynashi.

Suv organizmdagi hujayralarni kislorod bilan ta’minlovchi xususiyatga ega. Uni kam ichish esa moddalar almashinuvi, hazm qilish va qon aylanishda ham muammolarni keltirib chiqaradi.

От qwert.uz