Mikheil Saakashvili, the former president of Georgia during an interview with The Associated Press in Warsaw, Poland, Thursday, Aug. 17, 2017. Saakashvili said Thursday that US President Donald Trump, while on a visit to Georgia in 2012, “was thinking that Russia was a corrupt place.”(AP Photo/Czarek Sokolowski)

Gruziya sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa viloyati sobiq rahbari Mixail Saakashvili prezident Vladimir Zelenskiyning bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallash hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan ishlash bo‘yicha bildirgan taklifini qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bergan.

Foto: AP Photo

“Men prezident Zelenskiyning taklifini qabul qildim”,— degan “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi a’zolari bilan uchrashuv oldidan jurnalistlar bilan suhbatda Saakashvili  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Mixail Saakashvili yangi lavozimda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan muzokaralar olib borish ishlarini tashkil qilish bilan shug‘ullanishini aytib o‘tdi.

“Ukrainaning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvi tarafdoriman, shuningdek, mamlakatning o‘z sharoitlari bo‘yicha Yevropa Ittifoqiga kirishini istayman”,— deya qo‘shimcha qilgan u.

Oliy Rada Saakashvili nomzodini 24-aprel kuni navbatdan tashqari majlisida ko‘rib chiqishi rejalashtirilgandi, biroq Odessa sobiq hokimi yig‘ilishda ushbu masala ko‘rib chiqilmasligini bildirgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2019-yilning may oyida Mixail Saakashviliga mamlakat fuqaroligini qaytargan. Natijada Gruziya sobiq prezidenti Kiyevga qaytib siyosat bilan shug‘ullanishga kirishgandi. 2020-yil 22-aprelda uning Ukraina hukumati tarkibiga kirishi ma’lum qilindi. Ayni vaqtda Ukraina hukumatida islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari lavozimi yo‘q, biroq yaqin vaqt ichida joriy etilishi kutilmoqda.

От qwert.uz