O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilinmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufida Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi tashkil etilmoqda. Mazkur litseyga 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ishga taklif qilinadi.

“Temurbeklar maktabi”ning o‘qituvchilari va boshqa xodimlariga “Temurbeklar maktabi”ning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi. “Temurbeklar maktabi” ishchi va xizmatchilari sonidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:

— direktor va uning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, o‘quv bo‘limi xodimlari uchun – 5 barobar;

— to‘garak (seksiya) rahbarlari va psixologlari uchun – 3 barobar;

— axborot-resurs markazi (kutubxona), axborotlashtirish va aloqa bo‘linmalari xodimlari, instruktorlar va laborantlar uchun – 2 barobar miqdorda to‘lanadi.

“Temurbeklar maktabi”da ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar ishga taklif etiladi:

  • ona tili va adabiyoti;
  • rus tili va adabiyoti;
  • tarix;
  • ingliz tili;
  • fizika;
  • astronomiya;
  • algebra;
  • geometriya;
  • kimyo;
  • biologiya;
  • geografiya;
  • ma’naviyat asoslari;
  • davlat va huquq asoslari;
  • jismoniy tarbiya;
  • informatika va axborot texnologiyalari;
  • chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik.

Maktab manzili: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Teparlik ko‘chasi 1-uy (Shahrisabz iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘rnida). FVV Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida ishlashni xohlovchi o‘qituvchilar 2020-yilning 29-aprel – 13-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida qabul qilinadi. Qabul vaqti dushanba—shanba 9:00-13:00, 14:00-18:00. (tushlik: 13:00-14:00, dam olish kuni yakshanba).

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • tanlovda ishtirok etish uchun ariza;
  • pasport nusxasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatga muvofiqlik olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • 3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat;
  • harbiy hisobga olish hujjatlari nusxalari (harbiy xizmatga majburlar va harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxslar uchun);
  • o‘tkazilgan attestasiya natijalari bo‘yicha berilgan sertifikat nusxasi, nomzodning rezyumesi  (obyektivka);
  • erishilgan yutuqlari bo‘yicha ma’lumot (tasdiqlovchi hujjatlari bilan).

Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan FVVning rasmiy veb sayti orqali tanishish mumkin.

От qwert.uz