Ulyanovsk avtozavodi “Lyuks Form” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Baykal” nomli navbatdagi avtouyni yaratdi. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, dastlab kemper yevropalik mijozlar, xususan, germaniyalik xaridorlar so‘roviga ko‘ra yaratilgan. Biroq endilikda bu kabi avtomobildan Rossiyada ham foydalanish mumkin, xususan, uni yangi yoki minilgan “Buxanka” bazasida yaratsa bo‘ladi, deb xabar qiladi Motor  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Motor

Avtomobilni g‘ildiraklar ustidagi uyga aylantirish amortizator va fiksatorlarga ega armaturali stekloplastik ko‘tarma tomni o‘rnatishdan boshlanadi. Buning natijasida salon balandligi ikki metrga qadar oshadi, kemperning balandligi esa 2710 millimetrga yetadi. Kuzov qattiqligini saqlab qolish maqsadida alyuminiy romdan foydalaniladi.

Foto: Motor

Tepa qismida ikki kishilik karavot joylashgan, shuningdek, kuzovning pasti yon tomonlariga qotirilgan bir juft seksiyaning ochilishi natijasida yana bir o‘rin paydo bo‘ladi, ularni yig‘ib qo‘yish orqali ikki yo‘lovchiga o‘rindiq hosil qilsa bo‘ladi.

Foto: Motor

Avtomobil salonidan shkaf, to‘liq jihozlangan oshxona, muzlatkich, suv uchun 20 litrli idish, plita va ko‘chma stolchalar o‘rin olgan.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

“Baykal” modelining to‘liq jamlanmasi 500 ming rubl (6,5 ming dollar)dan boshlanadi.

От qwert.uz