Hindistonlik taniqli aktyor Irfon Xon 53 yoshida vafot etdi. Bu haqda Gulf News xabar berdi.
Foto: Gulf News
Qayd etilishicha, bir necha yil avval unga neyroendokrin o‘simtasi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik tufayli aktyor filmlardagi suratga olish jarayonini bekor qilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Nashrning qayd etishicha, aktyorning o‘limiga to‘g‘ri ichak infeksiyasi sabab bo‘lgan.
Irfon Xon nafaqat Bollivud, balki Gollivudda ham tanilgan edi. U “Xarobadan chiqqan millioner”, “Billu sartarosh”, “Yura davri olami”, “Pi hayoti”, “Yangi o‘rgimchak odam” va “Inferno” kabi filmlarda rol ijro etgan.