Tez aytishlar (Metallar xaqida…)

Alim alyuminni alamidan allanarsaga almashtirdi.

Temur temir-tersak terib topshirishni tezlatdi.

Nimaga Nikolayni «nik»i nikel.

Metallom masalasi mamlakat miqyosidagi muammodir.

Metallurglar metal masalasiga ma’suldirlar.

Rumlik olimlar rux rudasiga ruxsat oldilar.

Tunukachilar tunuka tomni tunukasini ta’mirladilar.

Misrlik misgarlar merganlarga maxsus miltiq yasadilar.

Kaliy — kislotali kumush rang ko‘rinishidagi kamyob metall.

Magniy metalida muxim minerallar mavjud.

Paxlavonlar palaxmonda va po‘lat qilichlarida qarshilik qilayotgan qo‘shinni qirg‘in qildilar.

Qo‘rboshi qo‘qqisdan qo‘rqqanidan qo‘rg‘oshinday qotib qoldi.

So‘ragan savollari kamyob simob sir-sinoati sabablaridir.

Xafiza metiza masalasini xanuzgacha mamlakat miqyosidagi muxokamasiga qiziqadi.

Fakturaga ko‘ra armatura — «natura»mas «xaltura».

Kadmiy — zaxarli moddasi mavjud metallar majmuasiga kiradi.

Qayli qaysar — qalayni qaytadan qidirdi.

Oldin oltin olma — bilim ol.

(Lekin quruq qolma, qaytib kelib uni xam ol)

Qimmatbaxo platinumdan-qo‘ydir tishingga.

(Ammo extiyot bo‘l, keyin boshingga)

Raxmatilla tilla tangalarni yangalarga qanchalarga pulga bergan.

© MUALLIF