Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov otasining holati haqida gapirdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Yandex Photos

“Otam hozirda shifoxonada, ahvoli juda og‘ir. Bu virus uning yurak faoliyatiga ham ta’sir qildi, bir yil avval uning yuragi operatsiya qilingandi. Mazkur operatsiya yana bir bor amalga oshirildi. Shu sabab uning holati og‘ir, o‘ta og‘ir. Allohga iltijo qilyapmiz, uni bizga qaytarishini so‘rayapmiz. Qo‘llab-quvvatlab turgan barcha rahmat aytaman. Yaratgan barchamizni o‘z panohida asrasin”, — deydi Nurmagomedov.

Avvalroq Abdulmanap Nurmagomedovda koronavirus borligi tasdiqlandi va uning holati o‘ta og‘ir darajada ekani xabar qilindi.

От qwert.uz