Buxoro viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Mirali Hamroyev tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Olim Jo‘rayev ma’lum qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Mirali Hamroyev

Foto: Buxoro viloyat hokimligi

Ta’kidlanishicha, Mirali Hamroyev 2018-yildan o‘rinbosarlikka tayinlanguniga qadar Buxoro viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

U 1983-yil Buxoro shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 2001-yilda Buxoro shahar hokimligi moliya bo‘limi hisobxonasi hisobchi-taftishchisi sifatida boshlab, hokimlikda turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

2017—2018-yillarda Kogon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yildan buyon Buxoro viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Jamol Nosirov Ozodbek Nazarbekovga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangandi.

От qwert.uz