Ramazon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ularda Prezidentga sog‘lik va muvaffaqiyatlar, mamlakat xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
- Qozog‘istonning birinchi prezidenti Elboshi Nursulton Nazarboyev;
- Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev;
- Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
- Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon;
- Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov;
- Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev;
- Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on;
- Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani;
- Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid al-Nahayon;
- Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid al-Maqtum;
- Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayon;
- Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
- Ummon sultoni Haysam bin Toriq al-Said;
- Iordaniya podshohi Abdulla II;
- Yaman prezidenti Mansur Hodiy;
- Falastin prezidenti Mahmud Abbos;
- Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dat Amreyev.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.