Tez tayyorlanadigan va yengil hazm bo‘ladigan mazkur desert nafaqat kattalarga, balki bolajonlarga ham yoqishi aniq.

Foto: SM News
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Tvorog — 200 gr
- Yogurt (qatiq, sut yoki suzmadan ham foydalanish mumkin) — 100 gr
- Asal — 1 osh qoshiq
- Banan 2 dona
- Shokolad
Tayyorlanish jarayoni:
- Bananni archib, idishga soling.
- Unga yogurt va tvorog qo‘shing.
- Blender yordamida aralashtiring.
- Asal qo‘shing va aralashtirishda davom eting.
- Stakanga ikki-uch bo‘lak banan soling, ustiga aralashmani quying.
- Shokoladni qirg‘ichdan chiqarib desert ustini bezang.
Nonushta tayyor, yoqimli ishtaha!