Smuzi nonushta uchun yaxshi tanlov, mevalar qo‘shib tayyorlangani esa koni foyda — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: “Yeda.ru”
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Banan — 1 dona
- Olma — 1 dona
- Uzum — 70 gr
- Kivi — 2 dona
- Ko‘k choy — 1 piyola
Tayyorlanish jarayoni:
- Mevalarni yuvib, po‘stidan tozalang va yirik shaklda to‘g‘rang.
- Uzumni urug‘laridan ajrating.
- Mevalarga 1 piyola ko‘k choy (sovuq holda) qo‘shing va blenderda aralashtiring.
- Smuzi tayyor, uni tayyorlanganidan keyin darhol iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Yoqimli ishtaha!