Turkiyada bulg‘urdan — yanchilgan bug‘doy yormasidan, tayyorlangan taom sevib iste’mol qilinadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Lezzet

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Bulg‘ur yormasi — 200 gr
  • Tovuq bulyoni — 350 ml
  • Pomidor — 150 gr
  • Sariyog‘ — 15 gr
  • Tuxum — 2 dona
  • Sirka — 2 osh qoshiq
  • Pishloq ta’bga ko‘ra
  • Tuz ta’bga ko‘ra

Tayyorlanish jarayoni:

  • Tayyor bulyonni isitib oling.
  • Bulg‘​urni sariyog‘ga solib 2 daqiqa qovurib oling.
  • Bulyonning oz qismini bulg‘​ur qovurilgan tovaga qo‘shing.
  • Pomidorni maydalab, ezing va tabiiy tomat tayyorlang va aralashmaga qo‘shing.
  • Aralashtirishdan to‘xtamay, oz-ozdan bulyon qo‘shishda davom eting.
  • Tuxumni alohida qovurib oling, sarig‘i qotmasidan pishishiga e’tibor qarating.
  • Likopchaga bulg‘​ur va tuxumni soling, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan bezating.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz