Ushbu taomni kechki ovqatga iste’mol qilish tavsiya qilinadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Lifehacker

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Tayyor chuchvaralar (odatiy retsept bo‘yicha tayyorlashingiz mumkin) — 509 gr
  • Piyoz — 1 ta
  • Pomidor — 2 ta
  • Sarimsoq piyoz — 1 ta
  • Pishloq — 80 gr
  • Tomat pastasi — 240 ml
  • O‘simlik yog‘i — 5 osh qoshiq
  • Tuz, shakar, murch

Tayyorlanish jarayoni:

  • Mayda to‘g‘ralgan piyoz va sarimsoqni o‘simlik yog‘ida qovurib oling.
  • Ikki daqiqadan keyin pomidor va tomat pastasiga suv qo‘shib sharbat holatiga keltirib qo‘shing.
  • Tuz, murch, shakar soling.
  • Chuchvaralarni suvda pishirib oling.
  • Pechga qo‘yishga mo‘ljallangan idishga sousning uchdan ikki qismini soling.
  • Ustiga chuchvaralarning teng yarmini soling, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq qo‘shing.
  • Avval sousning qolgan qismini, keyin bo‘lsa chuchvaralarning yarmini solib yana pishloq seping.
  • Zarli qandolat qog‘oz bilan idish ustini yoping va 180 daraja qizigan pechga 25-30 daqiqaga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz