Baqlajon ustiga “nachinka” solib pishiriladigan mazkur taomga aslida zaytun yog‘i qo‘shilishi kerak. Lekin siz o‘simlik yog‘idan ham foydalanishingiz mumkin. Taomning xushbo‘y hidi dimog‘ingizda, mazasi og‘zingizda qolishiga shubha yo‘q — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Habervakti
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Baqlajon — 3 dona
- Piyoz — 200 gr
- Pomidor — 300 gr
- Petrushka ta’bga ko‘ra
- Sarimsoq piyoz — 20 gr
- Quritilgan yalpiz — 1 choy qoshiq
- O‘simlik yog‘i — 60 ml
- Limon — 1 dona
- Shakar — 2 choy qoshiq
- Tuz, murch ta’bga ko‘ra
Tayyorlanish jarayoni:
- Baqlajonni uzunasiga o‘rtasidan bo‘ling.
- Bo‘lak baqlajonni pichoq yordamida oralatib tilib chiqing, tuz seping va 15 daqiqaga qoldiring.
- O‘simlik yog‘i solingan tovada baqlajonni tillarang tusga kirgunicha qovurib oling.
- Yarim dumaloq shaklda to‘g‘ralgan piyoz, sarimsoq, o‘simlik yog‘i, quritilgan yalpiz hamda pomidor va petrushka qo‘shib aralashtiring.
- Baqlajon ustiga “nachinkani” soling.
- Suvga limon, yog‘ va shakar qo‘shib aralashtiring.
- Tovaga “nachinka” solingan baqlajonlarni terib, ustidan limonli aralashmani quying va qopqoqni yopib 40-50 daqiqa dimlang.
Yoqimli ishtaha!