Tovuq go‘shti va guruchdan mazali sho‘rva pishiramiz

Ushbu taom bir zumda tayyorlanishi, yengil hazm bo‘lishi bilan o‘ziga xos hisoblanadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • Tovuq go‘shti — 150-200 gr
  • Suv —1200 ml
  • Tuz ta’bga ko‘ra
  • Piyoz — 1 dona
  • O‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq
  • Kartoshka — 3 dona
  • Guruch — 2 qoshiq
  • Sabzi — 1 dona
  • Ko‘katlar ta’bga ko‘ra

Tayyorlanish jarayoni:

  • Tovuqni tuzli suvga solib, 20 daqiqa davomida qaynatib oling.
  • Go‘sht pishganidan keyin olib, bo‘laklarga bo‘ling.
  • Piyozni o‘rtacha qalinlikda to‘g‘rang va tovada qovurib oling.
  • Kartoshka va sabzini “kubik” shaklida to‘g‘rab, yuvilgan guruch bilan birga qaynab turgan bulyonga soling.
  • Kartoshka pishganidan keyin tovuq go‘shtini va qovurilgan piyozni soling, ko‘kat qo‘shing.
  • Taom yoniga nonni qizdirib, sabzavotlardan yengil salat tayyorlab dasturxonga tortish tavsiya qilinadi.

Sho‘rva tayyor, yoqimli ishtaha!