Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi Botir Jabborov tumandagi maktab o‘qituvchilarini ro‘za paytida maktab hojatxonalarini tozalashga jalb qilgan. Bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan murojaatchilar hojatxona tozalayotgan va ta’mirlayotgan o‘qituvchilar rasmini ham yuborgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, hokim topshirig‘iga ko‘ra, majburiy tarzda hojatxona ta’mirlashga jalb qilingan o‘qituvchilar viloyatda karantin bo‘lishiga qaramasdan, o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib maktabga qatnagan.

Foto: “Daryo”

Hojatxonalar ta’miri qanday ketayotganini aniqlash maqsadida hokim o‘rinbosari Asqar Rustamov boshchiligidagi XTB mudiri Mirzohid Yo‘ldoshev, tuman kasaba uyushmasi rahbari Muhammad Jumayevlardan iborat guruh har kuni maktablarga borib, holatni o‘rgangan.

Foto: “Daryo”

“Daryo”ga yuborilgan va 2020-yil 22-may kuni tasvirga olingan videodan anglashilishicha, ushbu guruh tumandagi 32-maktabda bo‘lganida XTB mudiri Mirzohid Yo‘ldoshev ta’mirdan ko‘ngli to‘lmay, maktab direktorini turtkilab tashlagan.

“Maktab direktori o‘qituvchilar ro‘zadorligi uchun jismoniy mehnatdan qiynalayotganini aytgan vaqtda mudir ‘sen buyurilgan ishni qil’ deb direktorni turtgan”, — deyiladi tahririyatga qilingan murojaatda.

Foto: “Daryo”

Murojaatchilarning aytishicha, ushbu maktab joylashgan Umid qishlog‘i “Obod qishloq” davlat dasturiga tushgan bo‘lsa ham barcha ta’mirlash ishlari shu yo‘sinda amalga oshiriladi. Qolaversa, hududdagi uylar ta’miri va aholi holidan xabar olish ham maktab direktorlariga yuklatilgan.

“O‘zining yog‘iga o‘zini qovurish deyiladi bu”, — deydi murojaatchilar.

Foto: “Daryo”

От qwert.uz