Andijon viloyati Asaka tumanida fuqarolarga UzAutoMotors AJga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan va ularni jami 42 ming AQSh dollariga chuv tushirgan firibgarlarga jinoiy ish ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan UzAutoMotors AJning boshqarma boshliqlari va boshqalarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “U-C” qo‘shma korxonasi qo‘riqlash xizmati boshlig‘i A.Yu., korxona haydovchisi J.A. va boshqalar oldindan til biriktirib 31 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni tumandagi UzAutoMotors AJga turli lavozimlariga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 42 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Yu. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

От qwert.uz