Onasiga jajji Azizbek,
Savol berar, og‘iz ochirmay.
Qachon bog‘cham ishga tushar deb,
Ayting qani, mendan yashirmay!

Onasi der, aytay men rostin,
«Karantin» xam tugar xademay.
Ba’zi «aka, opalar» lekin,
Qoidaga rioya qilmay,

Niqob taqmay, chiqib ko‘chaga,
Xammamizga keltirib zarar,
Qilgan kabi xuddi jo‘rttaga,
Yana bizga norozi qarar.

O‘sha «aka. opalar» agar,
Amal qilsa «Tartib»ga bunda,
Bog‘cha opang bag‘riga sizlar,
Qaytasizlar bolam, tez kunda!….

Abdulla Pulatov

Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.

«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz