“Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydonida takomillashtirilgan jangovar texnika va qurollar ustida sinovlar olib borilmoqda. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Jumladan, izlanishlar natijasida BTR-80 texnikasiga 120 millimetrli “Nona” o‘ziyurar artilleriya texnikasi hamda quroli yangitdan modernizatsiya qilingan. Zanjirli artilleriya texnikasi shinali zirhli texnikaga almashtirilishi natijasida tezlik soatiga 25 kilometrdan 80 kilometrga oshgan.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Harakatlanish davomida nishonlarni yakson qilish ko‘rsatkichi sezilarli darajada yuqorilagani kuzatildi. Hozirda Mudofaa vazirligi va harbiy okrug artilleriyachilari tomonidan texnika va qurolning jangovar imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Shuningdek, “Bo‘ron” deya nom berilgan “GM-21 MK” rusumli “KamAZ” va “Ural” texnikasiga o‘rnatilgan 122 millimetrli “DM-21” markali o‘ziyurar artilleriya to‘p-raketasini masofadan boshqarish va otish bo‘yicha ham sinovlar o‘tkazilmoqda, deyilgan xabarda.

От qwert.uz