Bolajonim ne ajab,
Topib olding ovunchoq.
Bilaginga ne sabab,
Taqib olding ko‘zmunchoq?
Buvijonim ataylab,
Ko‘z tegmasin deb o‘ylab,
Kecha taqib, xay-xaylab,
Qo‘limga buni bog‘lab.
So‘ng nafas olib erkin,
Ko‘ngillar topdi taskin.
Men xushyor bo‘lsam, lekin,
Ko‘z xam tegmasdir balkim!
Abdulla Pulatov
Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF
