Namanganda Turkiyaning Çalık Enerji kompaniyasi chiqindidan energiya ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Namangan viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi
Viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda turk kompaniyasi tomonidan Namanganda umumiy qiymati 40 million dollar bo‘lgan chiqindini qayta ishlash evaziga 15 megavattgacha bo‘lgan miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.
Turkiyalik investorga viloyatning Chust, Norin, Uychi tumanlari hamda Namangan shahridagi chiqindi poligonlari ko‘rsatildi hamda ushbu poligonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar taqdim etildi.
Foto: Namangan viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi
Muhokamalar yakuniga ko‘ra, investor tomonidan ushbu loyihani Namangan shahrida joylashgan chiqindi poligonida amalga oshirish loyihasi tanlandi.
Ma’lumot uchun, Çalık Enerji kompaniyasi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qurilishida bosh pudratchi sifatida ishtirok etgandi.