Sunday World nashrining jurnalisti Kevin Palmer Transfermarkt portalidagi ma’lumotlardan foydalangan holda Angliya klublaring so‘nggi besh yildagi sof xarajatlar reytingini tuzdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: BBC Sport
Unga ko‘ra, ro‘yxatni 601 million funt sterling sarflagan “Manchester Siti” boshqarmoqda, ikkinchi o‘rindan “Manchester Yunayted” (484 million funt sterling) joy olgan bo‘lsa, Londonning “Arsenal” klubi kuchli uchlikni yakunlagan — 267 million funt.
Ta’kidlash joizki, APL peshqadami va 2018/19-yilgi mavsum Chempionlar Ligasi g‘olibi “Liverpul”ning so‘nggi besh yil ichidagi xarajatlari 107 million funt sterlingga teng bo‘lgan, bu ingliz klublari orasida 14-ko‘rsatkichdir.
So‘nggi besh yilda eng ko‘p xarajat qilgan ingliz klublari:
1. “Manchester Siti” — 601, 98 million funt sterling
2. “Manchester Yunayted” — 484,88
3. “Arsenal” — 267, 88
4. “Everton” — 225, 42
5. “Brayton” — 214, 86
6. “Vulverhempton” — 205, 22
7. “Vest Hem” — 187, 49
8. “Bornmut” — 176, 95
9. “Aston Villa” — 166, 65
10. “Uotford” — 125, 69.
Angliya chempionatining 29-turidan keyin “Liverpul” 82 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Manchester Siti” esa 57 ochkosi bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Musobaqalarga 17-iyundan restart beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Liverpul” Britaniyaning eng mashhur klubi deb tan olingandi.