Venerani Аnora minoradan kun ora koʼradi boʼlib ovora.

Marsga — bir pastga qasdma-qasdga sayr qilish farz.

Plutonga tongga yaqin yanada yaqqol yaqinlashdilar.

Nega Neptunga bugun barcha maftun?

Samoda Saturnda kechqurunda samoviy sarguzashtlar sayoxati boshlandi.

Oydagi omillarga oyma-oy oydinlik kiritib oling.

Аstronavtlar asteroidni asta-sekin astoydil asosiy aspekt ostiga oldilar.

Qora tuynukka qara qari qargʼa.

Quyoshli quvonchli kunlarda kulib quvoning.

Yuriy Merkuriyni koʼrib, zaruriy choralar koʼrdi.

Piter Yupiterni baribir sabr bilan xotirladi.

Uran sayyorasida Uran rudasi bormi?

Yer sayyorasi sir-sinoatlari sababini oʼzimiz oʼrganamiz.

Galileo Galiley galma-galdan Galaktikalarni guruxlarini oʼrgandi.

«Qizil» sayyora — qiziq sayyora.

Kosmonavtlar kosmosga oz-moz moslashsalar soz.

Qunduz kunduzi yulduzni qidirmas bejiz.

Vaznsizlik xolati — asl sirli xolat.

Bulturgi bulutlar bunchalik balandparvoz boʼlmagandi.

Somon yoʼli — osmon yoʼli.

Magnit boʼroni — bemorlarni qochar oromi.

Teleskop Xabbl — kosmosni koʼrsatar dadil.

Kometalar — eng kamida sayyoralar ularni yetaklar.

Kosmik kemalar — kosmosda oʼrmalar.

Koinotda avlodlar xayolotdagi ajoyibotlar va robotlar mavjudligini isbotlar.

Olimlarga olam omonat — shunda qolmas siru-sinoat.

Uchuvchi — xar uchganda jondan kechuvchi — evaziga koʼkni quchuvchi.

Speys Shattl — koʼp karrali transport kosmik kemasi.

Gravitatsiya maydoni — kosmosda xar doim.

Skafandr — usiz kosmosda xoling tangdir.

Fazogir — baribir faʼzoga aʼzodir.

Chaqmoq — unga roʼpara kelgan axmoq.

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz