Fransiya terma jamoasi safida Jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan Kristian Karambyo muxlislarida irqchilik kayfiyati namoyon bo‘lgan klublarni quyi divizionlarga tushirib yuborilishi kerak degan fikrni ilgari surmoqda — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Soccernews
“Klublar o‘z muxlislari bilan muloqot qilishi va ularga o‘zlarini qanday tutishi kerakligini o‘rgatishi zarur. Agar ular bu ishlarni qilmasa, klubni ikkinchi yoki uchinchi divizionga tushirib yuborish kerak. Shundan so‘ng ular daromadlari, ishchilari va ehtimol, klub haqida ikki hissa o‘ylab ko‘rgan bo‘lardi. Qat’iy qoidalarni joriy etish kerak”, — deydi Karambyo.
Eslatib o‘tamiz, Minneapolis shahri politsiyasi vakili 25-may kuni 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan. Politsiyachi Derek Shovin uni shu tariqa uzoq vaqt ushlab turishi Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, AQShning turli hududlarida norozilik namoyishlari boshlanib ketgandi.