Sulton Tex Group ishi bo‘yicha chiqarilgan sud qarorini muhokama qilgan Xalq deputatlari Qarshi tuman kengashi tadbirkor Nurbek Ergashev rahbarligidagi klasterning tumandagi mulklarini hududda olib qolishni maqsad qilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan deputat Feruza Ahmedova ma’lum qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi
Deputatning aytishicha, Xalq deputatlari tuman kengashining oltinchi chaqiriq, o‘ninchi sessiyasida klaster mulklarini Qarshi tumanida qoldirish masalasi ham muhokama qilingan.
Sulton Tex Group korxonasi rahbari Nurbek Ergashevning Qarshi tumanida qanday mulklari borligini bilmaymiz, ammo bilganimiz davlat Konstitutsiyasida mulk huquqi kafolatlangan.
Eslatib o‘tamiz, Sulton Tex Group ishini ko‘rib chiqqan Qarshi tuman Ma’muriy sudi hokim va hokimlik mansabdorlariga klaster faoliyatiga aralashmaslik majburiyatini yuklab, Silver fiber agro kooperatsiyasi guvohnomasini bekor qilgandi.
Abdurahim Erkayev
Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi
Sessiyada ishtirok etgan deputatlar — Feruza Ahmedova hamda Dilorom Tilakovalarning ma’lumot berishicha, klaster mulkini tortib olishdek eski zamon sarqiti muhokama qilingan sessiya ishida senator Abdurahim Erkayev hamda tuman prokurori ham ishtirok etgan.