Futbol (bolalar uchun)
Televizor — kechki payt,
Boshlandi mana futbol.
Ishqibozmiz biz gʼoyat,
Boʼldi mana bitta «gol».
Sira oʼylab oʼtirmay,
Chalib yubordik qarsak.
Raqiblar gol uribdi,
Аfsus. keyinroq bilsak!
Abdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF