Uyda akamning bugun,
Konьkisin topib oldim
Qiziqish kelib ustun,
Oyoqqa kiyib oldim.

.Tashqarida qor qalin,
Konki uchmoq xoxlardim.
Bir qadam yurmay lekin,
Toyib, qorga mixlandim!

Konki uchun xozircha,
Bir oz yoshman, albatta.
Endi kirdim oltiga,
Boplayman, boʼlsam katta!

Abdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz