Sholgʼom va turp (Bolalar uchun)
Kuz fasli, biz turpni,
Joylab «yaxshilab», yerga.
Unutmasdan sholgʼomni,
Koʼmdik u bilan birga.
Аyni qaxraton qishda,
Oʼrani ochib koʼrsak,
Muzlab, bari uyquda,
Biz esa chaldik qarsak.,
Ularni koʼmgan kuni,
Eʼtiborsiz boʼlgandik.
Xushyor boʼlamiz endi,
Xatolarni oʼrgandik.
Abdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF