Xovuzdagi qurbaqa (bolalar uchun sheʼr)

Xovuzdagi qurbaqa,
Qilaberdi «vaq-vaqa»,

Darsimni qildirmadi,
Ovozin tindirmadi.

Xalaqit berdi menga,
Koʼrsataman deb «senga»,

Devordan chiqib jaxlim,
Bitta kesak koʼchirdim.

Qurbaqaga kesagim,
Gʼirillatib uchirdim.

Yoʼqdir boshqa ilojim,
Ovozini oʼchirdim.

Jonivorga men biroq,
Ozor berdimku, ozroq.

Uzr soʼray albatta,
Vaziyat nazoratda.

U tirikku, baribir,
Lekin xisob: biru bir!

Abdulla Pulatov

Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.

«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF