Tez aytishlar (oila aʼzolari xaqida)

Singlim sigirni sogʼib, sutini sariqyogʼ qildi.

Yangam yanada yangicha taomlarni tayyorladi.

Аkam Аkram akani akfasini astoydil tayyorlashga tutindi.

Togʼam togʼoradagi zogʼorani qorni nogʼora chalganda yegandi.

Аmakim tamaki chekishga chek qoʼydi.

Xolida xolam xali xam xolvani xoxlamaydilar.

Ukam — xali u kam, xali bu kam deganiga xafa akam.

Opam singlim Surayyoni oppa-osongina opichlab oldi.

Аmmo ammam amaliyotni amerikada amalladi.

Buvam bilan buvim bugun Buxoroga birgalikda borishadi.

Pochcham — pochtada pochtalon Pechkin.

Qaynonani qaynagani — kelinni aynigani.

Kuyov yov emas, birov emas, unda maqsad — boʼlmoq farzand.

Qayinsingil va kelin — murosa biroz qiyin.

Boja bojani koʼrganda samimiy salomlashadi.

Katta buvi bilan katta buva katta boʼlganlari bois, barchaga barobar qarashadi.

Qayin ini qaysi kuni mana shuni qaysinisini qiyinligini bildi.

Kundoshlar koʼproq koʼrishib turishsa, kundoshlar soni koʼpayadi.

Sobiq sevgilingizni sogʼingan boʼlsangiz, yoningizdagi sevgilingizni xam yoʼqotgan boʼlasiz.

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF