Yevropa Chempionlar Ligasining 2020/21-yilgi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum qilindi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi musobaqalarining 2020/21-yilgi mavsumi formati hamda o‘tkazilish sanalari ma’lum bo‘ldi. Bu haqida UEFA e’lon qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: Twitter
Musobaqalar guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun kechadigan saralash bahslari ikki o‘yindan emas, bir uchrashuvdan iborat bo‘ladi. Chempionlar Ligasining pley-off raundi bundan mustasno.
Bir o‘yinlik bosqichlar mezboni qur’a yordamida aniqlanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Yevrokuboklar kelasi mavsumi final bosqichi oktabr oyining ikkinchi yarimidan start oladi.
2020/21-yilgi mavsum saralash o‘yinlari va guruh bosqichi taqvimi bilan tanishing:
Chempionlar Ligasi—2020/21:
– Dastlabki bosqich: 8—11-avgust
– Birinchi saralash bosqichi: 18—19-avgust
– Ikkinchi saralash bosqichi: 25—26-avgust
– Uchinchi saralash bosqichi: 15—16-sentabr
– Pley-off bosqichi: 22-23 va 29—30-sentabr
– Guruh bosqichi: 20-21 va 27—28-oktabr, 3-4 va 24—25-noyabr, 1-2 va 8—9-dekabr.
Yevropa Ligasi—2020/21:
– Dastlabki bosqich: 20-avgust
– Birinchi saralash bosqichi: 27-avgust
– Ikkinchi saralash bosqichi: 17-sentabr
– Uchinchi saralash bosqichi: 24-sentabr
– Pley-off bosqichi: 1-oktabr
– Guruh bosqichi: 22 va 29-oktabr, 5 va 26-noyabr, 3 va 10-dekabr.
Keyingi bosqichlar taqvimi o‘zgarmay qoldi.
Chempionlar Ligasi musobaqasining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 1-oktabr kuni Afinada bo‘lib o‘tadi. Yevropa Ligasiga esa 2-oktabrda qur’a tashlanadi.