Oʼzim uyda qolganda,
Bir kemacha yasadim.
Tayyor xolga kelganda,
Uni suvga tashladim.
Kemaga tilab «oq yoʼl»,
Qarab qoldim ortidan.
Sekinroq suzdi avval,
Moslashmoqchi aftidan.
Tezlashib asta-sekin,
Kemacham suzib ketdi.
Toʼxta desam xam lekin,
U mendan oʼzib ketdi.
«Tez oqar» yer kelganda,
Kema birdan quladi.
Oʼzboshimcha boʼlganda,
Xoli shunday boʼladi!
Abdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF