Futbol bo‘yicha Ukraina chempionatining 27-turida “Shaxtyor” Kiyevda “Aleksandriya”ni mag‘lub etdi va mamlakat chempioniga aylandi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Twitter

“Shaxtyor” safida Tete dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Tayson mualliflik qildi. Mehmonlarning javob gollari Yevgeniy Banada va Maksim Tretyakov tomonidan kiritildi.

Mazkur g‘alaba “Shaxtyor”ga 13-chempionlikni taqdim etdi. Donetskliklar klubi ketma-ket to‘rtinchi marta Ukraina Premyer Ligasi g‘olibiga aylandi.

27 o‘yindan so‘ng “Shaxtyor” 71 ochko to‘pladi. 26 ta o‘yin o‘tkazgan ikkinchi o‘rindagi “Dinamo Kiyev” hisobida  52 ochko mavjud.

UPL

27-tur bahsi

“Shaxtyor” — “Aleksandriya” 3:2

Gollar: 1:0 – 13, penalti Tayson, 1:1 – 48 Banada, 1:2 – 51, penalti Tretyakov, 2:2 – 60 Tete, 3:2 – 78 Tete.

От qwert.uz