Toshkentning Olmazor tumanidagi 278-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Razzoqova Mushtariy o‘zining o‘qishda erishgan yutuqlari va a’lo bilmlari uchun oltin medal sohibi bo‘ldi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Videodan lavha

Olmazor tuman hokimligi matbuot xizmatining bildirishicha, u 2020-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Milliy universitetining taekvondo fakultetiga talabalik safiga imtihonlarsiz qabul qilingan.

20-iyun kuni Toshkent shahar hokimiyatida o‘tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan Mushtariyga Spark rusumli avtomobil sovg‘a qilindi.

От qwert.uz