O‘zbekistonda Coca-Cola kompaniyasi ommaviy savdolar asosida xususiylashtiriladi

Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd ma’suliyati cheklangan jamiyati ommaviy savdolar asosida xususiylashtirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar qilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Xabarga ko‘ra, mazkur jarayonga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy investitsiya vositachilari va auditorlik kompaniyalarini jalb etish rejalashtirilgan.

Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd korxonasi 1993-yilda tashkil qilingan. Ayni kunda MChJning 57,1 foiz ulushi “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga, 42,8 foizi esa The Coca-Cola Export Corporation (AQSh) kompaniyasiga tegishli.

Kompaniya O‘zbekistonda o‘zining uchta zavodiga (Toshkent, Namangan va Urganchda) ega.

Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd kompaniyasini xususiylashtirish haqida 2018-yildan beri gapirib kelinadi, biroq ikki yildan beri hali amalga oshgani yo‘q.