Video: O‘zbekistonlik harbiylarning G‘alaba paradidagi chiqishi

Moskvada 24-iyun kuni fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar doirasida o‘tkazilgan paradda rossiyalik harbiy xizmatchilar bilan birga, jumladan, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari vakillari ham chiqish qildi. Bunday holat mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kuzatildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Paradda o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarga Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari polkovnik Shokir Xayirov boshchilik qilgan.

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari Shokir Xayirov.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Eslatib o‘tamiz, paradda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham mehmon sifatida ishtirok etmoqda.