Jizzax viloyatida 28 yoshli S.E. hamda 29 yoshli O.B. o‘rtasida kelib chiqqan choyxonadagi nizo oqibatida bir nafar odam halok bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

2020-yil 20-iyun kuni 28 yoshli S.E. sinfdoshining fotiha to‘yini o‘rtoqlari bilan birgalikda Jizzax shahridagi choyxonalarning birida nishonlagan. U yerda spirtli ichimlik iste’mol qilishib, soat 23:00 da mast holatda choyxonadan chiqib uylariga tarqalgan.

Uyga qaytayotgan vaqtda S.E. va O.B. o‘zaro tortishib qolgan. S.E. sherigining bosh qismiga qo‘li bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan va uni 21-iyun kuni soat 01:00 da yashash xonadoniga tashlab ketgan. O.B. olgan tan jarohati oqibatida yashash xonadonida vafot etgan.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida marhumning o‘limiga bosh miyaning shishib ketishi, bosh miya yumshoq pardasi ostiga qon quyilishi va yopiq miya jarohatlari sabab bo‘lganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Jizzax shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.E. gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

От qwert.uz