Shavkat Mirziyoyev Namangan shahriga tashrifi chog‘ida “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bog‘i hududi bo‘lib, bu yerda bajarilgan ishlar bilan tanishgani va dam oluvchilar bilan muloqot qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezidentning bog‘ga tashrif buyurgan fuqarolar bilan uchrashgani va elektromobilda sayr qilayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi.

“Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bog‘ida 16 turdagi attraksionli tematik park, 2400 o‘rinli amfiteatr, 7 xil suv attraksionlari va 16 ta basseynli akvapark, 2 ta zamonaviy sharshara va musiqali favvora, 3 ta restoran, 1800 o‘rinli 2 ta avtoturargoh tashkil etilgan. 2022-yil mart oyiga qadar milliy hunarmandlar markazi, masjid, 400 o‘rinli mehmonxona, 110 ta villani ishga tushirish rejalashtirilgan. 155 gektar hududni egallagan mazkur dam olish maskanida 123 million dollarga teng loyiha amalga oshirilmoqda.

От qwert.uz