Osmondagi yulduzim,
Qarab toʼymaydi koʼzim.
Osmondagi oyimsan,
(Lekin oyim emassan).
Baxordagi gulimsan,
(Lekin bir oz soʼlibsan).
Mayli shunday boʼlsa xam,
Tabrigim koʼray baxam!

Sensiz menga dunyo qorongʼu,
Sen boʼlmasang, ichaman ogʼu..
Chunki ichib kelsam xar safar,
Аytar eding, ichgin deb zaxar.
Faqat bugun chiqarma uning,
Chunki bugun, tugʼilgan kuning!

Telefonda isming saqladim jonim,
Аylmasam qiynalar, lekin vijdonim..
Ismingni xaqqoniy yozganman, inon,
Uzr, belgisiga qoʼyganman ilon.
Xoʼp mayli, shu bugun, koʼtarma gʼovgʼa,
Tugʼilgan kuninga keltirdim sovgʼa!

Bugun quyosh oʼzgacha porlar,
Oy-yulduzlar oʼziga chorlar,
Yigitlarga aylanar chollar,
Yosh qiz boʼlib qolar ayollar.
Tavalluding chunki bu oqshom,
Xoʼp chiqasa boʼlarkan oshshom!

Salom sizga purviqor togʼlar,
Salom sizga gulzorlar, bogʼlar.
Bugun yorim tugʼilgan kuni,
Tabriklashim kerakdir uni.
Bagʼringizga singib ketayin,
(Chiqasadan qochib atayin!).

Qaynonamni juda xurmat qilardim,
Xurmat taxtasiga qoʼygan boʼlardim.
Mayli mani doim, desin kuyov-yov,
Mayli men chidayman, bilmasin birov.
(Tagimdagi LАSETTI aytay toʼgʼrisi,
Qaynonamning menga qilgan sovgʼasi).,
Mayli eslamaylik bularni bugun,
Tavallud ayyoming, chunki ushbu kun!

Menga nechun yoqar, mana shu doʼkon,
Chunki bu yerdagi sovgʼalar arzon.
Ziqna deb oʼylama, qilib xulosa,
«Eʼtibor» — mana shu asosiy narsa!
Tugʼilgan kuningda arzon boʼlsa xam,
Sovgʼamni sen bilan koʼraman baxam!

Tavallud kuning bugun,
Sovgʼalar tugun-tugun.
Аgar ularni sotsak,
Boʼlar kurortda yotsak.
Sovgʼani sotib boʼlmas,
(Seni koʼndirib boʼlmas).

Nima koʼrding, menga tegib,
Yaxshi qara, boshing egib.
Koʼzmi, nima peshonangda?,
Gunox balkim dugonangda.
Uchrashuvga kelgan u xam,
(Keyin meni koʼrding «baxam».
Takrorlama bu xatoing,
Bugun tavallud ayyoming!

Koʼrinishing ajoyib,
Soʼzlaring xam gʼaroyib.
Bugun erta turibsan,
Yaxshi tushlar koʼribsan,
Pishir-kuydir boshlangan,
Reja-tadbir ishlangan.
Bugun tavallud kuning,
Yaʼni, meningmas, sening,
Boʼlsa meniki ayyom,
Uxlab qolarding tamom!

Bugun tugʼilgan kuning,
Sovgʼa olmasam boʼlmas.
Koʼngling olaman sening,
Boʼlmasa ichim toʼlmas.
Sovgʼam xam juda oson,
Chunki u qora qozon.
Bir oʼqda — ikki qargʼa,
Mayli xafa boʼl, qargʼa!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz