Samarqandda 2020-yilning fevral oyida o‘z joniga qasd qilgani aytilgan 69 yoshli ayol A.U. qarindoshlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilmasdan ko‘mib yuborilganligi shubhali ko‘ringani uchun uning qotillik qurboni bo‘lishi mumkinligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar berilgandi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: EPA

Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, haqiqatni aniqlash uchun o‘tkazilgan bir qator tergov harakatlari yakuniga yetgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayolning o‘z joniga qasd qilib vafot etganligi, uning yaqin qarindoshlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bermasdan, murdani Pastadrg‘om tumanidagi “Oltin qahramon” mahallasida joylashgan “Do‘stlik” qabristoniga ko‘mib yuborishganligi haqida tezkor xabar Pastdarg‘om tuman prokuraturasiga 7-fevral kuni soat 20:50 larda kelib tushgan.

Mazkur tezkor xabarga asosan Pastdarg‘om tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, marhuma A.U.ning murdasi eksgumatsiya qilinib, ushbu holatlarga tergov yo‘li bilan aniqlik kiritishlik maqsadida 10-fevralda Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida ekspertiza xulosalari va to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, A.U.ning qotillik qurboni bo‘lganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud emasligi, u bir necha yillardan buyon kasalmand bo‘lib to‘shakka yotib qolganligi va mustaqil o‘zini boshqara olmasdan boshqalarning ko‘magiga muhtoj bo‘lib qolganligi aniqlangan.

Tergov davomida to‘plangan dalillar A.U. o‘z joniga qasd qilganligidan dalolat berganligi bois, 17-mart kuni Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi (Ebilitatsiya uchun asoslar) 2-bandiga asosan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

От qwert.uz