Apple kompaniyasi o‘zining “aqlli” soatlari uchun yangilangan dasturiy ta’minot — watchOS 6.2.8’ni taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: IXBT

Yangilangan dasturiy ta’minotdan raqamli avtomobillar kaliti Car Key’ni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi o‘rin olgan. Bu turdagi funksiya iPhone modellari uchun 17-iyul kuni taqdim etilgan iOS 13.6’da ham ishga tushgan. Car Key funksiyasi yordamida avtomobillarni NFC yordamida ochish, dvigatelni o‘t oldirish, yukxona va eshiklarni boshqarish, shuningdek, kalitni yana boshqa besh kishi bilan “bo‘lishish” mumkin.

BMW mazkur yo‘nalishda Apple’ning ilk hamkorlaridan biriga aylangan. Funksiya 2020-yilning 1-iyulidan so‘ng ishlab chiqarilgan 1, 2, 3, 4, 5, 6, 8, X5, X6, X7, X5M, X6M va Z4 modellarida qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, Apple Watch Series 5 soatlari lineykasida ham ushbu funksiya mavjud.

Bundan tashqari, watchOS 6.2.8’da Braziliya, Bahrayn va Janubiy Afrika kabi mintaqalar uchun EKG (elektrokardiografiya) funksiyasi ham faollashtirilgan.

Avvalroq iPhone pasport va haydovchilik guvohnomasi o‘rnini egallashi, yangi BMW modellarini iPhone yordamida ochish mumkin bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

От qwert.uz