Koronavirusga chalingan poytaxtlik 34 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 34 yoshli B.M. ismli ayolda 5-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va 6-iyul kuniga qadar u Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolangan.

6-iyul kuni bemor shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, kasallik o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Bemorda 24 haftalik uchinchi homiladorlik bo‘lgan va asoratlangan akusherlik anamnezi, kamqonlik kabi hamroh kasalliklar bilan og‘rigan.

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bir kun oldin ham qashqadaryolik 35 yoshli homilador ayol koronavirus asoratlaridan vafot etgani ma’lum bo‘lgandi.

Bu SSV statistikasi bo‘yicha — 111, “Daryo” hisob-kitobiga ko‘ra esa O‘zbekistondagi 117-o‘lim holati.

От qwert.uz